Assalom aleykum, yoshim 23 da turmushga 2016- yil chiqqanman, ammo xali farzandimiz yo‘q. Oxirgi 3 oy xayz davri menda kuzatilmadi, test qilsam homila yo‘q ekan. Dekabr oyining 23 da hayz keldi shundan so‘ng bir haftada tugadi, shu orada turmush o‘rtog‘im bilan jinsiy aloqada bo‘ldik, 1 kun o‘tib yana qon kela boshladi. Tahminan 27 kundan beri qon ketyabdi hozir chet eldamiz nima qilishni bilmayabman? Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Bu holatga sabab nima? Buni uyda to‘xtatish mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Javlon Abdullayev, shifokor:
Agar qon 27 kundan beri kelayotgan bo‘lsa, albatta ginekologga ko‘rinish kerak, qoningiz kamayib ketmasin. Sababi — gormonal o‘zzgarishlar bo‘lishi mumkin, buning natijasida oligomenorreya, amenorreya rivojlanadi. Ginekologga ko‘rining. Uy sharoitida davolab bo‘lmaydi, davolayman deb asoratlari rivojlanmasin.
Manba: ATF.uz
Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!
Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.