HAYVONOT BOGʻLARI

HAYVONOT BOGʻLARI — ilmiymaʼrifiy muassasa. Namoyish qilish, oʻrganish, koʻpaytirish maqsadida yovvoyi hayvonlar tutqunlik (qafas, volyer) yoki yarim tutqunlik (tabiiy yashash sharoitiga oʻxshash maydonlar)da boqiladi. Baʼzi Hayvonot bogʻlarida uy hayvonlari, ayrimlarida botanikaga oid kolleksiyalar ham (mas, Parij, qozon va b. joylardagi zoobotanika bogʻlarida) saqlanadi. Hayvonot bogʻlarida hayvonlar oʻrganiladi, tabiiy-ilmiy bilimlar, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish masalalari targʻib qilinadi, hayvonlarning «Qizil kitob» ga kirgan turlari saqlanadi hamda koʻpaytiriladi (mas, zubr, prjevalskiy oti va b.), hayvonlarni iklimlashtirish, kasalliklarini oʻrganish, davolash va oldini olish choralarini ishlab chiqish va b. ustida i. t. ishlari olib boriladi. Oʻquvchilar uchun ekskursiyalar, zoologiyaga oid mavzularda leksiya, biologik koʻrgazmalar uyushtiriladi va b.

Hayvonot bogʻlari Misrda mil. dan taxminan 1500-y. oddin mavjud boʻlgan. Butun dunyoda 720 dan ortiq Hayvonot bogʻlari bor. Oʻzbekistonda 2 ta hayvonot bogʻi ( q. Toshkent hayvonot bogʻi, Termiz hayvonot bogʻi) mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x