Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Qum ustiga qurilgan narsa yo bugun yoki ertaga qulaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Munofiq kimsa sizni baland ovozda maqtaydi-da, jim turib xiyonat qiladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Hayotdagi eng xatarli inson – yolgʻonchidir!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Yaxshi nom qoldirishga eʼtiborli boʻl. Chunki sendan keyin ham uzoq vaqt yashaydigan narsang – yaxshi nomingdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar meni yaxshi tanimasang ham men haqimda yaxshi gumon qilib, hurmatimni joyiga qoʻyaver.
Najib Mahfuz
*****
Bir shaxs sening qalbingni sindirdi, ishongan doʻsting ishonchingni oqlamadi, mansabdor kimsa senga zulm qildi, sening muvaffaqiyat yoʻling xuddi shu joydan boshlanadi. Endi sen odamlardan umidingni uzasan-da, Alloh taoloning oʻziga yuzlanasan, Undan yordam soʻraysan. U esa seni boshqalardan behojat qilib qoʻyadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Haqiqiy doʻst – bitta shodlik va bitta mahzunlikni ikki qalb koʻtarib yuradi deganidir.
“Hikmatlar”
*****
(Doʻstimiz bizni tashlab ketganda) biz doʻstlarni yoʻqotmaymiz, balki haqiqiy doʻst kim ekanligini bilib olamiz.
“Hikmatlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/hayotdagi-eng-xatarli-inson-yolgonchidir/