Hayot va qahva piyolasi

Obroʻli bir oliy oʻquv yurtini tamomlagan, hozir yaxshi joylarda ishlaydigan bir guruh sobiq talabalar ustozlarini yoʻqlab kelishdi. Suhbat asnosida gap ishga koʻchdi va ular qiyinchiliklar koʻpligidan, turli muammolardan shikoyat qilishdi.

Professor mehmonlarga qahva taklif qildi, roziliklarini olgach, oshxonaga yoʻnaldi va birozdan soʻng patnis koʻtarib chiqdi. Unga turli xil – chinni, shisha, plastik va billur piyolalar terilgan edi. Ayrimlari oddiy, ayrimlari qimmatbaho edi.

Shogirdlari piyolalarni olib boʻlgach, professor ularga yuzlanib dedi:

– Eʼtibor beringlar, hammalaring qimmatbaho va zeb-ziynatli piyolalarni oldinglar. Oddiy va arzonlari patnisda qoldi. Bu aslida siz uchun meʼyordagi holat – eng yaxshisini istaysiz. Biroq shu bilan birga bu kayfiyat barcha muammolaringiz va tashvishlaringizning ildizi hamdir. Yodingizda boʻlsin, piyola hech qachon qahvaning taʼmini oʻzgartirib, yaxshilab qoʻymaydi. Qimmatbaho piyolalar baʼzida ichidagi qahvaning asl koʻrinishini yashiradi ham. Hammalaring istagan narsa aslida qahva edi, piyola emas. Lekin sizlar ongli ravishda chiroyli idishlarni tanladinglar, keyin kimga qanaqasi tushdiykan deb bir-birlaringning piyolalaringga eʼtibor qaratdinglar.

Tasavvur qiling, hayot bu – qahva; ish, pul, vaziyat, jamiyat kabilar esa – piyoladir. Ular tirikchilikni taʼminlash vositalari, xolos. Qanday piyolaga ega boʻlishimiz hayotimizning mohiyati va asl sifatini oʻzgartirmaydi. Baʼzida, faqat piyolalarga eʼtibor berib, qahvaning taʼmidan lazzatlanishni unutib qoʻyamiz.

 

Orif Tolib

 

“Toshkent haqiqati” gazetasining 2016 yil 20 avgust sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/ijod/nasr/hayot-va-qahva-piyolasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x