HAYDEGGER

HAYDEGGER Martin (1889.26.9 — Meskirx, Baden – 1976.26.5) — nemis faylasufi-ekzi-stensialist. 1928—45 y. larda Frey-burg, keyin Breysgau untlarida prof. Gusserlnint shogirdi va izdoshi boʻlgan boʻlsa-da, asta-sekin undan uzoklasha bordi. Borliq haqidagi taʼlimot («fundamental ontologiya») ni rivojlantirdi; bu taʼlimot asosida haqiqiy mavjudlik (ekzistensiya) bilan kundalik. oddiy dunyoni qarama-qarshi qoʻyish yotadi; H. fikricha, borliqning maʼnosini anglab yetish inson mavjudligining bebaqoligini fahmlash bilan bogʻliqdir. Haydeggerga koʻra, borliqning, inson shaklining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat borliqning boshqa koʻrinishlarini, balki oʻzini oʻzi bilishga ham qodir. Shuningdek, inson borliqning boshqa shakllari bilan turli munosabatlar oʻrnatish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham bunday borliq, yaʼni inson ekzistensiyasi — ontologiyaning poy-devori boʻlmogʻi kerak. Haydegger taʼlimoti va u yaratgan oʻziga xos atamalar hoz. zamon tafakkuri, xususan Yevropa fal-safasi uchun kuchli turtki boʻldi.

Asosiy asarlari; «Borliq va zamon» (1927), «Kant va metafizika muammosi» (1929), «Zamon olam manzarasida» (1938), «Burilish» (1949), «Texnika haqidagi masala» (1953), «Metafizi-kaga_ kirish» (1953).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x