Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Otasi alsgeymer kasalligi bilan ogʻridi. Oʻgʻlidan:
– Otang oʻzi seni uning oʻgʻli ekaningni biladimi, esidami? – deb soʻrashdi. Shunda u:
– Bu muhim emas. Muhimi men haliyam uning oʻgʻli ekanimni bilaman, – deb javob berdi.
Maʼlumot uchun: alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan odam xotirasidan ayrilib, hatto oʻzining kimligini ham eslolmaydi.
*****
Inson har qancha goʻzal boʻlmasin, agar xulqi, xarakteri chatoq boʻlsa, chiroyi koʻzga koʻrinmay qoladi.
*****
Yomon oʻrtoq chivinga oʻxshaydi. Uning yomonligini seni chaqib ketganidan keyin bilasan.
Mustafo Manfulutiy
*****
Qaysi bir shaxs ilm oʻrganishdan toʻxtasa, u xoh yigirma yosh boʻlsin, xoh sakson yosh boʻlsin, ojiz, qari kishidir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Hech kim zulmatni bosib oʻtmay turib tongga yeta olmaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
- Qiyinchilik paytida sabr sinaladi.
- Tortishuv paytida aql sinaladi.
- Ogʻir vaziyatlarda odamlar sinaladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Universitetda baʼzi fanlarning imtihonida yiqildim. Oʻshanda bir doʻstim hamma fanlardan muvaffaqiyatli oʻtgan edi. Hozir u Maykrosoft kompaniyasida muhandis (injener) boʻlib ishlayapti. Men esa oʻsha kompaniyaning rahbariman.
Bill Geyts
*****
Seni oʻldirgan kishi deb faqat oʻq otib oʻldirganni emas, balki orzu-umidlaringni oʻldirganni ham aytiladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Kek saqlash – muvaffaqiyatsizlikning eng oxirgi bosqichidir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Hatto shamollar kelib uzr soʻragan taqdirda ham, shox singanicha qolaveradi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Sukut – nafratning eng afzal taʼbiridir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ishing oʻngidan kelganda doʻstlaring sening kimligingni bilishadi. Ishing orqaga ketganda sen oʻzing doʻstlaring kimligini bilasan.
Ibrohim Faqiy
*****
Donishmandlar, aqllilar jim turaversa, ahmoqlar koʻpayib ketadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Pul, mol senga haqiqiy doʻstlarni emas, balki koʻplab “madaniyatli” (yaʼni dushmanligini sezdirmaydigan) dushmanlarni jalb etadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Uzlat, xoli qolish ikkiyuzlamachilarning shovqin-suronidan afzaldir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Odamlar bir-birlariga oʻzlaridagi mavjud nuqson miqdoricha aziyat beradilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Uyingdagi muammo sening oʻzingga xos muammodir. Gapirishdagi odobing esa suhbatdoshlaringning sendagi haqqidir. Oʻzingning shaxsiy muammolaring va ichki iztiroblaringni boshqalar bilan qilayotgan muomalangga aralashtirma!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Odamlar bilan boʻladigan ilk muomalalardagi oʻzini namunali tutishlarga aldanma. Matematika fani ham rang-barang olmalarni va yongʻoqlarni bir-biriga qoʻshish va ayirishdan boshlanadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Boshqalarga ziyo ulashgan, ammo oʻzini yondirib, eritgan sham kabi boʻlma.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/hatto-shamollar-kelib-uzr-soragan-taqdirda-ham-shox-singanicha-qolaveradi/