HASHAROTXOʻR OʻSIMLIKLAR

HASHAROTXOʻR OʻSIMLIKLAR — odatdagi oziklanishdan tashqari yana ayrim hasharotlar (baʼzan mayda jonivorlar)ni tutib yeb qoʻshimcha oziq manbai sifatida foydalanadigan koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar guruhi. Yer sharining barcha qismida uchraydi. 500 ga yaqin turi (7 oilasi) maʼlum. Chuchuk suv havzalarida, botqoq oʻtloqlarda, botqoqliklarda, asosan, azotli birikmalar, kaliy, fosfor kam-chil tuproqlarda oʻsadi. Shu sababli hasharotlar bilan oziqlanadi. Hasharotxoʻr oʻsimliklarda hasharotlarni tutish uchun maxsus moslamalar bor.

Baʼzi bir Hasharotxoʻr oʻsimliklarning barglari yopishqoq suyuqlik ajratuvchi koʻp sonli bezchalar bilan qoplangan. Boshqalariniki hasharotlarni tutuvchi quticha (nepen-tes, darlingtoniya) yoki tez harakatlanuvchi (tutuvchi) qopqonlardan (di-oneya, aldrovandan) iborat. Ushlangan hasharotlar barg bezchalari ajratgan maxsus suyuqlikda erib, hazm boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x