HASANOV

HASANOV Obid (1902, Margʻilon — 1976.25.8, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1973). 1919—25 y. larda Qoʻqon drama trup-pasida, 1925—27 y. lar Samarqand musiqali teatrida aktyor. 1927—44 y. lar Hamza teatrida, 1945— 46 y. lar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida, 1946—56 y. larda Qoʻqon teatrida, 1958-y. dan Hamza nomidagi akademik drama teatrida ishlagan. Hasanov kichik, epizodik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan, Eshon (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Amir Muzaffar (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), dehqon chol S(. Azimov, «Zamon drama-si»), jarchi (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek») va b. rollari shular jumlasidan. Bir qancha filmlarda ham suratga tushgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x