HASANOV Poʻlat Fattohovich

HASANOV Poʻlat Fattohovich (1937.15.12, Toshkent viloyati) — nazariy elektrotexnika sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), texnika fanlari d-ri (1975), prof. (1977). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1960). Shu in-tda laborant, lab. mudiri (1960—64), katta oʻqituvchi (1965—72), kafedra mudiri (1972—95). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida boʻlim, keyin boshqarma boshligʻi (1996—99). Davlat Test markazi direktori maslahatchisi, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga qarashli Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida ilmiy maslahatchi (1999-y. dan). Ilmiy ishlari axborot-oʻlchov texnikasi, elektron zanjirlar nazariyasi, robotlar texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va masofaviy taʼlim tizi-miga doir.

As: Figurno-tochechnme modeli i diaopre-deliteli matris, T., 1975; Preobrazovaniya sxem elektricheskix i elektronnmx sepey, T., 1978; Robot texnikasining formal modellari, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x