HASANOV Oʻrinboy Hasanovich

HASANOV Oʻrinboy Hasanovich (1928.27.11, Oʻsh) — biolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), biol. fanlari d-ri (1971), prof. (1983). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1954). Oʻzbekiston FA Botanika in-tida aspirant (1954—57), kichik (1958— 60) va katta ilmiy xodim (1960—65), lab. mudiri (1965 — 93), 1993-y. dan Oʻsimliklar ekologi-yasi lab. da yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy tadqiqotlari Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ozuqabop yovvoyi bedalar va 10 dan ziyod boshqa yovvoyi oʻsimliklarni oʻrganishga bagishlangan. Hasanov bedaning 22 yovvoyi, 11 kenja turi va 68 ekologik shakllarini aniqladi.

As: Dikorastushiye lyutsernn Sredney Azii, T., 1972; Biologiya i ekologiya rastsniy vvo-dimmx v kulturu v adfnoy zone (v soavtor-stve), T., 1973; Effsktivnosti ispolzovaniya adfnnx zemel (v soavtorstve), T., 1979; Adaptatsiya kormovmx rasteniy k usloviyam aridnoy zonn Oʻzbekistana (i soavtorstvs), T., 1983; Madaniy usimliklarning kelib chiqi-shi. T., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x