HASAN DEHLAVIY

HASAN DEHLAVIY, Amir (1253, Badayun, Shim. Hindiston — 1327, hoz. Hindistonning Haydarobod shtati Davlatobod sh.) — hindistonlik forsigoʻy shoir. 1280—85 y. larda Moʻlton sh. dagi adabiy toʻgarak aʼzosi boʻlgan, soʻng doʻsti Amir Xusrav Dehlaviy bilan birga Dehliga kelgan. Hasan Dehlaviy bu yerda avval hur fikrli sheʼrlar yozgan boʻlsa-da, keyinchalik sufiylikning Nizomiddin Avliyo (1236—1325) boshchiligidagi chish-tiya tariqati xizmatiga kiradi. mutasavvif lirik shoir boʻlgan Hasan Dehlaviy asarlarida Saʼdiyning kuchli taʼsiri seziladi. Hasan Dehlaviy ijodida lirik sheʼrlar devoni, «Ishqnoma» dos-toni va «Favoyid ulfuod» («Samimiy foydalar») nasriy asari muhim oʻrin egallaydi. «Favoyid ul-fuod» shayx Nizomiddin Avliyoning hikmatlar mazmunini qamrab olgan boʻlib, chishtiya tariqati mafkurasini oʻrganishda ishonchli manbalardan hisoblanadi. Shoirga uning gʻazallari koʻproq shuhrat keltirgan hamda keyingi davrdagi Eron va Oʻrta Osiyo shoirlari ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x