HARF TERISH MASHINALARI

HARF TERISH MASHINALARI — matbaa bosma qolipi matn qismini tayyorlash uchun moʻljallangan mashinalar. Birinchi Harf terish mashinalari 19-a. boshlarida yaratildi va matn satrlarini ayrim litera (harf) lardan terishni mexanizatsiyalashga imkon berdi. 1822-y. da ingliz ixtirochisi U. Chyorch klaviaturali litera terish ( litera-nabor) mashinasini yasadi. 1866 — 67 y. larda rus ixtirochisi P. P. Knya-ginskiy perfolentali dastur asosida boshqariladigan litera terish mashinasini yaratdi. 19-a. oxirida linotip va monotip yaratilganidan keyingina Harf terish mashinalari keng qoʻllanila boshladi. Fotonabor mashinalarining yaratilishidagi dastlabki qadamlar ham huddi shu davrga toʻgʻri keladi.

Harf terish mashinalari asosan uch xilga: terish-quy-ish, terish-yozish va fotonabor mashinalariga boʻlinadi. Bularning yarim avtomat va avtomat turlari boʻladi. Yarim avtomat mashinada harf teruvchi ishchi harflarni asosan klaviatura yordamida teradi. Avtomat mashina esa perfolenta yoki boshqa biror axborot eltuvchiga yozilgan dastur asosida boshqariladi. Hozir qoʻlyozma matnlari va rasmlari asosan kompyuterpa terilib va sahifalanib i. ch. ga topshiriladi. U yerda kontakt usulida plyonkaga oʻtkazilib, montaj qilingach (sa-hifalangach), metall qolipga koʻchi-riladi va bosma mashinaga oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x