HARAKATSIZLIK

HARAKATSIZLIK — shaxsning nor-mativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijti-moiy xavfli, ongli va sust xulq-atvo-ri. Muayyan tarzda harakat qilish lo-zimligi bir qator holatlarga koʻra yuzaga kelishi mumkin. Shaxs bajarishi shart qilib belgilanadigan harakatlar avvalo bevosita qonun yoki qonun asosida chiqarilgan hujjatlarda koʻrsatiladi. Mas, avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi shart. Shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarmaslik ham jinoiy Harakatsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Mansabdor shaxsning oʻz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart va mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa. tegishli jazo belgilanadi. Oʻzbekiston JKda bu xildagi jinoyatlar uchun jazo bel-gilangan (JK, 208, 301-moddalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x