Kametaro Tanaka
Vayrona yonida turaman yolgʻiz.
Issiq yoz. Shuquhli koʻkalam har yon.
Oppoq oy nurida qarshimda shu kez
Bir ajib manzara boʻlur namoyon:
Quturgan zoʻr portlash qirgʻogʻu toʻgʻon
Ikkisin bir yoʻla koʻkka otadi.
Binolar yoʻqolar benomu nishon,
Tepayu oʻtloqlar suvga botadi…
Sokinlik qoʻngandir koʻlning yuziga,
Osmonu koʻl ichra yulduzlar yonar.
Faryodi yer-koʻkni solib larzaga
Faqat bir yigitcha kuyib oʻrtanar.
Goʻyoki shu daryo uyini vayron,
Orzusin oqizib olib ketgandek.
Yo shu on vaʼdaga shoshgani jonon
Bu yorugʻ dunyodan nogoh oʻtgandek!
Shuhrat tarjimasi
https://saviya.uz/ijod/nazm/haqiqiy-korinish/