Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Yoʻqotishning eng kattasi – kengligi osmonlar va yercha boʻlgan Jannatda sen uchun joy topilmasligidir.
“Hikmatlar durdonasi”
*****
Yozganingni oʻqimaydigan odamga yozishing, oldingga kelmaydigan kishini kutishing, muhabbatingni his qilmaydigan odamni yaxshi koʻrishing va senga ehtiyoji tushmaydigan kishiga ehtiyojing tushishi alamlidir.
*****
Ortingizdan baqirib, shovqin koʻtarishyaptimi?
Koʻproq sizni chaynashyaptimi?
Parvo qilmang, chunki ular sizdan orqada. Sizdek boʻlolmagani uchun ichini hasad kemirib yotibdi.
Chinorga, terakka kimdir tosh otganini koʻrganmisiz? Koʻrmagansiz, toʻgʻrimi?
Chunki, chinorning va terakning yesa boʻladigan, mazali mevasi yoʻq.
Olma, oʻrikka koʻpchilik tosh otadi. Kerak boʻlsa, ular pishmasidan turib yeyishga qiziqib, tosh otiladi.
Oldinga intilishdan, ilmdan, ijoddan toʻxtamang.
*****
Pul bilan erishib boʻlmaydigan narsalardan biri aqldir.
Abdrrohman Muniyf
*****
Rost gap, birov uni tasdiqlamasa ham, baribir, rost gapdir.
Yolgʻon gap, hamma uni tasdiqlasa ham, baribir, yolgʻon gapdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Hammada ikkita koʻz bor. Lekin hech kim bir xil koʻrmaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar istagan narsang uchun kurashmasang, oʻsha narsani yoʻqotganingda yigʻlamagin!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Qattiq shamol esganda, tik oʻsgan daraxt osonlikcha sinadi. Ammo majnuntol egilib, boshini ham qilib turgani uchun qutulib qoladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Toʻrt kishiga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlma:
- Ayolga;
- Yosh bolaga;
- Xizmatchiga;
- Uzr soʻrab kelgan kishiga.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/hammada-ikkita-koz-bor-lekin-hech-kim-bir-xil-kormaydi/