EPIZOOTOLOGIYA

EPIZOOTOLOGIYA (epizootiya va …logiya) — chorva mollari, parrandalar va qushlar yuqumli kasalliklarining paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni tugatish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan; epizootiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ilmiy asoslangan choratadbirlarini ishlab chiqish bilan ham shugʻullanadi.

Umumiy va xususiy Epizootologiyaga boʻlinadi. Umumiy Epizootologiya epizootiyalar paydo boʻlishining sabablarini, ular rivojlanishi va soʻnishining umumiy qonuniyatlarini hamda epizootiyaning oddini olish va batamom yoʻqotish umumiy choratadbirlarini oʻrganadi. Xususiy Epizootologiya ayrim yuqumli kasallikning xususiyatlarini oʻrganadi va unga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqadi.

Hoz. davrda Epizootologiyaning asosiy muammolari qator yuqumli kasalliklarning davriylik sababi, oksil kasalligi, kuturish, kuydirgi, sil, brutsellyoz va boshqalar oʻta xavfli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarini nazariy asoslash, yuqumli kasalliklar evolyutsiyasi boʻyicha tadqiqotlar olib borish, mikrob tashuvchanlikni, shartli patogen mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan yuqumli kasalliklarda epizootik jarayonni oʻrganish, epizootik jarayonning tabiiy hamda ijtimoiyiqtisodiy omillarini tadqiq qilish, epizootologik tadqiqotining yagona standart usullarini ishlab chiqish va boshqalar 16—17-asrlarda yuqumli kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari maʼlum boʻlmasada, ularning yuqumliligi va har bir kasallik paydo boʻlishining oʻziga xos sababi borligi aniklangan. 1861 yil fransuz olimi L. Paster baʼzi yuqumli kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilarini kashf etgach, Epizootologiya ilmiy asosda rivojlana boshladi.

Oʻzbekistonda Epizootologiyaning rivojlanishi 1924-yilda akad. K. I. Skryabin nomidagi Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi bilan bogʻliq. Oʻsha yillarda in-t olimlari kuydirgi, otlarning manqa, qoramollarning oʻlat va plevropnevmoniyasi, qoʻylarning chechak va boshqalar yuqumli kasalliklarini tugatishda faol ishtirok etdilar. Dastlabki 10 yillikda in-t Oʻrta Osiyo chorvachiligi uchun 10 dan ziyod biologik preparatlar ishlab chiqardi. 1934-yil In-tda Epizootologiya boʻlimi tashkil etildi, 1937-yilda prof. G. Obolduyev rahbarligida birinchi boʻlib Oʻzbekiston tumanlarining yuqumli kasalliklar boʻyicha epizotik holati toʻliq oʻrganildi va yuqumli kasalliklar tarqalishining epizootik xaritasi tuzildi. Epizootologiya erishgan yutuqlar tufayli respublikada chorva mollarining sibir yarasi, oʻlat, kontagioz plevropnevmoniya va h. k. yukumli kasalliklari bartaraf etildi, ayrim kasalliklarning tarqalishi cheklandi.

Ad.: Parmonov M., Saidqulov B., Parmonov J., Epizootologiya, T., 1996.

Hoshim Nurmamatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x