GYELLERUP

GYELLERUP (Ggeiierup) Karl (1857.2.6, Daniya — 1919.11.10, Germaniya) — Daniya yozuvchisi. Daniya va nemis tillarida ijod qilgan. Ilk romani «Idealist» (1878)da yoshlar qayoti va ayollarning ijtimoiy aqvoli aks etgan. Gyellerup ijodining dastlabki bosqichida G. Brandes boshchiligidagi liberal oqim tarafdori boʻlgan. «Doʻlana» (1881) sheʼriy toʻplami mazkur oqim va uning yetakchisiga bagishlangan. Keyinchalik A. Shopengauer falsafasi bilan shugʻullangan. «Minna» (1889) romani tor amaliyotchilik bilan idealizm oʻrtasidagi konfliktni tasvirlagan, «Tegirmon» (1896) romani Daniya dehqonlarining hayoti haqida.

Gyellerup garchi V. Gyote, F. Shiller va I. Turgenev asarlarini yuksak badiiylik namunasi hisoblasa ham, keyingi ijodida dekadentliknint taʼsiri sezildi. U diniy mavzu bilan ham qiziqqan («Piligrim Kamanita», 1906; «Tangrining doʻstlari», 1916 va b. romanlar). Gyellerup dramalar, tanqidiy va tarixiy tadqiqotlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1917).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x