GUYYAN — Xitoyning jan.gʻarbidagi shahar, Guychjou togʻligida. Guychjou provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 3,1 mln. dan ziyod kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, sement, oyna, ipakchilik, yogʻochsozlik, qogʻoz, konchilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi z-dlar va b. sanoat korxonalari bor. G. yaqinidan temir rudasi, koʻmir va appatit qazib chiqariladi. Guyyanda Xitoy FAning filiali, un-t, q. x. va b. institutlar bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые