GUMBAZI SAYIDON

GUMBAZI SAYIDON («Sayidlar gumbazi» maqbarasi) — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Ulugʻbek qurdirgan (1437 — 38). Maqbara chortoq tarx,li (tashqi oʻlchami 9X9 m, ichki tomoni 5,75×5,75 m), poygumbazi sakkiz qirrali (prizmasimon), gumbaz bilan qoplangan. Peshtogʻi va tashqi tomon gumbazi qulab tushgan (hoz. gumbazi qayta tiklangan). Poygumbazidagi girih va islimiy naqshlar orasida kufiy yozuvi bitilgan. Maqbara ichki devorlaridagi ravoklar ikki qator boʻlib, ustidagi burchaklarda tuynuk va keng tokchalar mavjud. Devordagi davrapoyalar ichida 12—6 burchaqli girixlar uchraydi. Maqbara ichidagi sagʻanalar (15 — 18-a. larga oid)da Ulugʻbek avlodlari boʻlmish termizlik sayidlar (Amir Abdul Muoniy, Muhammad Sayid va Magʻrufjon Muoniy)ning nomlari yozilgan (shundan maqbara «Sayidlar gumbazi» deb nomlangan boʻlsa kerak).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x