GULXAYRI KUYASI

GULXAYRI KUYASI (Pectionophora malvella Hb.) — oʻyiqqanotli kuyalar oilasiga mansub zararkunanda kapalak. Qanotlari yoyilganda 10—12 mm. Oldingi qanotlari qoramtir yoʻlli och jigarrang, orqa qanoti och kulrang. Qurti (9—12 mm) sargʻish, boshi toʻq jigarrang. Ikkita birinchi boʻgʻimi binafsha rang, toʻq qizil. Oʻzbekistonda Gulxayri kuyasi karantin obyekti. Oxirgi yoshdagi qurtlari 3—10 sm tuproq tagida yumaloq pishiq pilla ichida kishlaydi. Yiliga ikki, baʼzan uch avlod beradi. Gulxayri kuyasi barg orqasiga, shona va gullarga 1—2 tadan tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlari oʻsimlikning hosil organlarini zararlaydi. Zararlangan shona va gullar soʻliydi, toʻqiladi. Diapauza (bir yildan ortiq davom etishi mumkin) zarakunandaning saqlanib qolishi va tarqalishiga imkon beradi. Diapauzadagi qurtlar tuproq, urugʻ, qoplar va b. da boʻlishi mumkin.

Kurash choralari: karantin joriy qilish; 80% li texnik xlorofos yoki xlorofosning 80% li suspenziyasi (1,5—1,8 kg/ ga), fozalon, sitrofosning 35% li eritmasini (2,5 kg/ga) purkash.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x