Gulsanam Mamazoitova — O’zbekiston

Olisdagi mahmadona, ey eski olchoq,
Menga qadam tashlamoqni o`rgatmagin sen.
O`zingga boq, keyin mayli nog`orangni qoq,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Tinchlik, deya yurak-bag`ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshidagi suyul eldir bu,
O`tmishi ham kelajagi buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Agar jannat ko`kda bo`lsa, ostidadur O`zbekiston,
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadur O`zbekiston.

Dala-dashtlar o`z-o`zidan Eram bo`lmagay,
Lekin sendan beminnat Karam bo`lmagay,
O`zbek eli hech kimsaga qaram bo`lmagay,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Kitobingda daholarim so`zlari bordir,
Devoringda bobolarim izlari bordir,
Mag`rur xalqning etu tirnoq do`stlari bordir,
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen.

Agar jannat ko`kda bo`lsa, ostidadur O`zbekiston,
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadur O`zbekiston.
Agar jannat ko`kda bo`lsa, ostidadur O`zbekiston,
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadur O`zbekiston.
O`zbekiston…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x