GULNOZ

GULNOZ — ertagi va oʻrtagi bodring navi. Oʻzbekistan sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. in-tida Oʻzbekistan 740 va Parad navlarini chatishtirib, keyinchalik tanlash yoʻli bilan yaratilgan (A. Abbosov, 1991). Oʻsimligi 4—5 palaqli, barglari beshqirralidumaloq, yashil, oʻrtacha kertikli, silliq. Barg yaprogʻining uzunasi 15 sm, eni 13 sm. Tuganagi silindrsimon, uz. 2,5—3,0 sm, yuzasi silliq. Mevasi silindrsimon, yuzasi silliq. Rangi yashil, bir dona bodring ogʻirligi 112 g ga boradi. Mazasi yaxshi (4,4 ball). Nihollari unib chiqqandan soʻng 46 — 48 kunda barralari yetiladi. Hosildorligi 35—40 s/ga. 1994-y. da Qoraqalpogʻiston Respublikasida r-nlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x