Gulasal Abdullayeva, Otabek Muhammadzohid — So’nggi nafasimgacha

[Otabek Muhammadzohid]
Xatolarga to’lgan yo’llar uzundir,
Yolg’izlikda yovuz tunlar uzundir.
Mening bog’im yashnamadi, sarg’aydi,
Omon qolgan shu bir dona gulimdir.

Mening bog’im yashnamadi, sarg’aydi,
Omon qolgan shu bir dona gulimdir.

Tangrim, tingla faryodimni, nolamni,
O’zing asra yolg’izgina bolamni. (x2)

[Gulasal Abdullayeva]
Yana yolg’iz qolasizmi, jon ota,
Inson shuncha chorasizmi, jon ota?
Oh, ko’zmunchoqli beshiknimas tobutni, dod,
Yelkangizga olasizmi, jon ota?

Hey, ko’zmunchoqli beshiknimas tobutni, ey,
Yelkangizga olasizmi, jon ota?

Chorasini topmadim bu alamni,
Kimga tashlab ketay, ayting, otamni? (x2)

[Behzod Muhammadkarimov]
Men jonimni sadqa qilay, sen yasha,
Yo’llarimning davomida yo’l yasa.
Men taqdirdan umring so’rab yolvordim,
Qaysi ota chidar qizi “oh” desa?

Sizdan qolgan dard ham mengadir darmon,
G’amgin soyalarda saqlayabman jon.
Xasta yurakdir, hasrat limmo-lim,
Mening baxtliligim yolg’on, onajon.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x