GULAG

GULAG (rus. Glavnoye upravleniye lagerey — Axloq tuzatish-mehnat lagerlari, surgun va qamoqjoylari bosh boshqarmasi) — sobiq shoʻrolar davlatida 1934 — 56-y. larda axloq tuzatishmehnat lagerlari tizimiga rahbarlik qilgan NKVD (MVD) boʻlinmasi. Uning maxsus boshqarmalari turli joylar, mas, Karaganda, Dalstroy, Solovki, Belomor-Baltika, Vorkuta, Norilsk va b. yerlardagi axloq tuzatish mehnat lagerlarini birlashtirgan. Lagerlarda juda ogʻir sharoit oʻrnatilgan, eng oddiy insoniy huquqlarga ham rioya etilmagan, ish rejimi ozgina buzilgani uchun qattiq jazo berilgan. Sobiq Ittifoqning hamma chekkalaridan, shu jumladan, Oʻzbekistondan jazoga mahkum etilgan millionlab mahbuslar chekka Shim. da, Uzoq Sharqda va b. mintaqalarda joylashgan kanallar, yoʻllar va b. inshootlar qurilishida haq olmay ishlagan. Ochlik, kasallik va mashaqqatli mehnat tufayli oʻlim haddan tashqari koʻp boʻlgan. A. I. Soljenigining «Gulag orollari» kitobida shoʻrolar davlatidagi bu ommaviy qirgʻinlar va zoʻravonlik tizimi fosh qilindi. Kitob nashr etilganidan keyin GULAG atamasi NKVD lagerlari va turmalari, umuman totalitar tuzumning ifodasi boʻlib qoldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x