GUDIASHVILI

GUDIASHVILI Lado (Vladimir) Davidovich [ 1896.18(30) .3, Tbilisi — 1980) — gruzin rassomi va grafigi. Ijodi urta asrlar gruzin sanʼati va 1920-y. lar Gʻarbiy Yevropa sanʼatidagi oqimlar taʼsirida shakllangan. Xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiqlar, afsonaviy va fantastik obrazlar)dan ilhomlangan: «Sosxali baligʻi» (1920), «Serafita sayri» (1940), «Pirosmanashvili oʻlimi» (1946), «Togʻdagi uchrashuv» (1977) kabi yirik asarlar, «T. Tabidze va moviy otlar» (1918), «Eliso», «V. Mayakovskiy va V. Gudiashvili Parijda» (1975) va b. portretlar, «Antifashistik turkum» (1942) grafika turkumi muallifi, shuningdek, Sulxonsabo Orbeliani (1939, 1960), G. Chxikvadze (1946) va b. ning asarlarini bezagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x