GUBERNATOR (lot. gubernator — hokim) — 1) hoz. bir necha davlatlarda (RF, AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya va b.) shtat, viloyat, graflik maʼmuriyatining boshligʻi;
2) Rossiyada 1917-y. ga qadar gubernada oliy hukumat amaldori. Imperator tomonidan tayinlangan.