GUANAXUATO

GUANAXUATO — Meksikadagi shtat, mamlakatning markaziy qismida. Mayd. 30,5 ming km2. Axolisi 4,6 mln. kishidan ziyod (2000). Maʼmuriy markazi — Guanaxuato sh. Meksika togʻligining jan. da, Lerma daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi oʻrtacha bal. 1800 m li platolardan iborat, baʼzi choʻqqilarning bal. 3000 m gacha. Iqlimi tropik iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 500—1000 mm. Qadimda ahrli zich yashagan. 16—19-a. larda kumush qazib olingan. Konchilik ishlarining pasayishi bilan iqtisodi qam tushkunlikka uchrab, aholi ham boshqa shaharlarga koʻchib keta boshlagan. Oziqovqat, koʻn poyabzal, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hududining katta qismida ichki ehtiyojlar uchun oziqovqat ekinlari ekiladi. Lerma daryosi gʻavzasida esa tovar q. x. (makkajoʻxori, bugʻdoy, paxta, kofe, qand lavlagi), chorvachilik rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x