GUANO

GUANO (ispancha guano) — quruq iqlim sharoitlarida dengiz qushlarining uzoq yillar yigʻilib qolgan va chirigan axlati; azotli va fosforli oʻgʻit. Qushlar koʻplab yashaydigan Chili, Peru, Jan. Afrika sohillariga yaqin orollarda, Karib dengizi orollarida koʻp. Tarkibida 9% atrofida N, 13% R2O5 va 2 — 3% K,O bor. G. ni maydalab turli tipdagi tuproqlarda barcha q. x. ekinlari uchun qoʻllash mumkin. Shuningdek, baliq ovlash va baliqni kanta ishlash sanoati chiqindilaridan tayyorlanadigan oʻgʻit ham Guano deb ataladi (tarkibida 8—11% azot, 12 — 14% fosfor bor). Bunday oʻgʻitlar asosan Yaponiya, AQSH, Norvegiya, Fransiyada ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x