GRUMM-GRJIMAYLO

GRUMM-GRJIMAYLO Grigoriy Yefimovich [1860.5(17).2, Peterburg — 1936.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geografi, sharqshunos. Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyoni tadqiq qilgan sayyoh. Rossiyada xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1928). 1920—31 y. larda sobiq Ittifoq geografiya jamiyatining vitseprezidenti. 1884—87 y. larda Olay, Pomir, Tyanshan togʻlari, Qashqar, Qoraqurumga sayohat qilgan. 1889 — 90 y. larda Markaziy Osiyoni oʻrganish ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib, tadqiqotlar olib borilgan joylarning tarixiy-etnografik tavsifini yozgan. Ekspeditsiya davrida Turfon choʻkmasi chuqurligini ( — 130 m, hoz. zamon maʼlumotlariga koʻra — 154 m) aniqladi. 1903—1914-y. larda bir necha marta Mongoliya gʻarbiga, Tuva (oʻsha vaqtdagi Uryanxay oʻlkasi), Uzoq Sharq va b. joylarga sayohat qildi va ekspeditsiyalar uyushtirdi. Asarlari tarixiy geografiya va etnografiyaga bagʻishlangan. Grumm-grjimaylo nomiga Sixote-Alin togʻlaridagi dovon, Pomirda oʻzi kashf qilgan muzlik va Bogdo-Oʻla togʻidagi muzlik qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x