GRIBOV

GRIBOV Anisim (17-a.) — rus diplomati. Ashtarxon (Astraxon)lik tijorat axlidan. Gribov boshchiligidagi 1-rus elchiligi (1641—43) Xiva xonining hamda Buxoro va Balx xoni Nodir Muhammadxonning huzuriga borib, rus podshohi Mixail Fyodorovichiint topshirigʻiga binoan diplomatik va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishni taqlif qilgan. Bu taqlif Oʻrta Osiyoda kabul kilingan. Mixail Fyodorovich Oʻrta Osiyoga yoʻllagan Gribov boshchiligidagi 2-rus elchiligi esa koʻzlagan manziliga yetib boraolmagan. Soʻng, Gribov 1651-y. Eron shohi Abbos II huzuriga chopar etib yuborilgan. Gribov boshchiligidagi elchiliklar diplomatik missiya ekanligidan tashqari harbiy-strategik, josuslik va yirik savdo-sotiq ekspeditsiyalari ham edi. Mazkur elchiliklar hujjatlari Oʻrta Osiyoning 17-a. 40-y. lari tarixiga doir muhim manbadir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x