GRANOSIYENIT

GRANOSIYENIT — intruziv togʻ jinsi. Mineral tarkibiga koʻra granit bilan siyenit oraligʻida. Strukturasi toʻliq kristallangan, donali, teksturasi massiv. Mineral tarkibi siyenitga juda ham yaqin, undan faqat 15% dan ortiqroq kvars minerali borligi bilan farq qiladi. Undan tashqari G. tarkibida kaliyli dala shpati (ortoklaz, mikroklin yoki pertit) 50% dan 70% gacha, nordon plagioklaz 10% dan 30% gacha, rangli minerallar 10% dan 20% gacha boʻladi. Aksessor minerallardan Granosiyenitda apatit, sirkon, sfen va magnetit uchraydi. Granosiyenit Qurama togʻlarida tarqalgan. Imoratlar poydevori, yer osti yoʻllarini bezashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x