GRAMM-ATOM

GRAMM-ATOM — kimyoviy elementning atom massasiga son jihatdan teng qilib olingan miqdori. Mas, kislorodning gramm-atomi 16 g, chunki uning at. m. 16 ga teng yoki temirning gramm-atomi 56 g, chunki uning at. m 56 ga teng. Har qanday kimyoviy elementning gramm-atomida (agregat holatidan qatʼi nazar) Avogadro soniga teng miqdorda, yaʼni 6,022-1023 ta atom boʻladi. G.-a. kattaligidan turli fizik va kimyoviy hisob-kitoblarda foydalaniladi. Texnik hisob-kitoblarda kilogramm-atom, milligramm-atom singari massa miqdorlari ham keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x