GRAMENISKIY Sergey Mixaylovich

GRAMENISKIY Sergey Mixaylovich (1859.6.9—1919.5.2) — rus maʼrifatparvari. 1881-y. Peterburg untini tugatib, dastlab Toshkent erlar gimnaziyasida (1881), soʻngra (1882—93) Toshkent qizlar gimnaziyasida mat., kosmografiyadan dars bergan. 1892 — 1912-y. larda Sirdaryo viloyati xalq bilim yurtlari direktori — bosh inspektor. Grameniskiy oʻqitish usullari va mazmunini takomillashtirish tarafdori boʻlgan, darsda koʻrgazmali qurollardan foydalanishni keng targʻib qilgan. Uning rahbarligida Turkistondagi rus-tuzem maktablari uchun darslik va dasturlar tuzilgan, oʻzi rus-tuzem maktablari uchun darslik va qoʻllanmalar yozgan. Bulardan asosiysi — 3 qismdan iborat «Kniga dlya chteniya» («Oʻqish kitobi») kitobi. Grameniskiy oʻz darsliklari uchun 1900-y. da Parij koʻrgazmasining kumush medali bilan taqdirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x