GRAFIT

GRAFIT (yun. grapho — yozaman) — mineral, Yer poʻstila uchraydigan sof uglerodning bir koʻrinishi, kimyoviy formulasi — S. Geksagonal singoniyali. Kristallari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va toʻq kulrang, metallsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning oʻzida esa yuqori — 5,5 va undan koʻp. Zichligi 2,2 g/ sm3. Keng tarqalgan. Oʻtga chidamli, elektrni yaxshi oʻtkazadi, kimyoviy barqaror. Sunʼiy ravishda ham olinadi. Asosan metamorfik jinslarda, kam hollarda magmatik jinslarda uchraydi. Oʻzbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov, Markaziy Qizilqum) mayda va yirik konlar hrsil qilgan. RFda (Ilmen togʻi), Ukraina (Krivoy Rog), Kanada, Avstraliya, AKSHda konlari bor. Eng katta koni Toshqazgʻanda (Quljuqtov). G. dan tigel, qalam, elektrod, boʻyoqlar tayyorlanadi. Yadro texnikasida, raketa dvigatellari soplosi (ogʻzi)ni qoplashda, yuqori haroratga chidamli boʻyoqlar, elektrodlar tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x