GOʻSHA

GOʻSHA — Yaqin va Oʻrta Sharq mumtoz musiqasida yirik turkumli asarlarning tarkibiy boʻlagi. Maqomot tizimidagi Ozarbayjon va Eron dastgohlarida shoʻbalarni tashkil etuvchi cholgʻu-vokal kichik tuzilmalarningumumiy nomi. Muayyan his-tuygʻularni ifodalovchi Goʻshalar oʻziga xos tovush koʻlami, ohang va usullar bilan ajralib turadi. Goʻshalar mustaqil nomlar bilan yuritiladi. Har bir asosiy dastgoh 40 dan ortiq, unga ergashgan ovozalar esa 20 ga yakin Goʻshalarni oʻz ichiga oladi. Mas, Shur eron dastgohi tarkibidan Karashma, Ovoza, Chor mezrob, Salmak, Gulrez, Safo, Abu Ato, Buzurg, Kurdiy, Uzzol, Husayniy kabi Goʻshalar oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x