Go’zallik uchun uy sharoyitida tabiy kosmetikalar

Choy. Sochingizni choy bilan chaying, shunda u ko’rkam ko’rinishga ega bo’ladi. Buning uchun 100 gram qora choyni 0,5 litr qaynoq suvga damlab qo’ying. Keyin choy shamasini suzib olib, uni 2 litr suvga aralashtirasiz. Ushbu tadbirni haftada  bir marta qo’llab turiish maqsadga muvofiq.

Piyoz. Piyozning organism uchun foydali ekanligi sir emas. Undan yuz parvarishida ham foydalanish mumkin. Buning uchun piyozni ikkiga bo’lib, bir bo’lagini yuzingizga ohista surtasiz. Besh daqiqadan so’ng yuzingizni iliq suvda yuvib tashlaysiz. Bu tadbirni haftada bir marta qo’llab turing. Piyoz suvi yuz terisini samarali oqartirish va oziqlantirish xususiyatiga ega.

Limon va sabzi. Bir dona katta limon va bitta suvli sabzini qirgichdan o’tkazib, sharbatini aralashtirasiz. Tayyor bo’lgan aralashma yuvilgan toza soch tolalariga surtib chiqasiz. So’ng sochiq bilan o’rab oling. 30 daqiqadan so’ng sochingizni shampun bilan yuvasiz. Keyin bir osh qoshiq olma sirkasi 1 litr qaynatib sovitilgan suvga aralashtirilib, sochlarni chayib yuborasiz. Ushbu muolajani haftada bir marta qo’llash lozim. U sochni oziqlantirib, rangini yorqinlashtirish xususiyatiga egadir.

Sut. Ko’z qizarganda sutli kompress yordam beradi. Buning uchun sutni biroz ilitib, ikkita paxta bo’lagiga shimdirib olasiz. So’ng o’n daqiqaga ikkala ko’z ustiga bosib qo’yasiz. Bundan tashqari petrushkadan foydalanish mumkin. Petrushkaning yangi uzilgan barglarini maydalab to’g’rab, qaymoq bilan aralashtiring. Bu aralashma ko’zga 15 daqiqa davomida qo’yilsa, undagi qizarish va shamollash asoratlarni tezda yo’qotadi.

Moychechak. Ikkita xaltachaga moychechak gullaridan solinib, og’zi yoping. So’ng ularni qaynoq suvli idishga 5-10 daqiqaga botirib qo’ying. Keyin haltachalar yumuq ko’zlarning ustiga qo’ying. Bu muolaja ko’z shamollaganda va qovoq shishganda yordam beradi. Аgar ushbu tadbirni haftada 2-3 marta takrorlasangiz, ko’z atrofida erta tushadigan ajinning oldini olgan bo’lasiz.

O’simlik moyi. Tirnoqlaringiz nimjonmi? Unda sizga quyidagi muolajani qo’llash asqotadi. Yarim piyola o’simlik moyini qaynoq suvda ilitib, 3-4 tomchi limon sharbatini qo’shasiz. So’ngra unga barmoqlar 10 daqiqa botirib turasiz. Shimuvchi qog’oz (salfetka) bilan esa barmoqlarni quritasiz. Keyin bir necha soat davomida qo’llarni yuvmay turasiz.  
 

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x