GOVSAR

GOVSAR (fors, gov — hoʻkiz, sigir; cap — bosh) — qad. jang quroli, gurzining bir turi. Afsonalarda hikoya qilinishicha, Eronning qad. shoxlaridan Faridun taxtga oʻtirgach, ogʻir vazndagi gurzisining boshini poʻlatdan sigir boshi shaklida yasatib, uni Govsar deb atagan. Urush maydonlarida aksari qozongan gʻalabasini Govsarning xosiyati deb bilgan. «Shohnoma»da talqin etilishicha, goʻyo Faridun goʻdaklik chogʻida yovvoyi sigir emib katta boʻlgan, podsho sigir boshini oʻziga homiy va madadkor sifatida qabul qilib hurmatlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x