GOSSI

GOSSI (Gozzi) Karlo (1720.13.12 – Venetsiya — 1806.4.4.) — italyan dramaturgi. «Uch apelsin ishqida» (1761) pyesasi bilan teatr ertakchiligi (fyaba) janriga asos solgan. Gossi ijtimoiy qarashlariga koʻra konservator boʻlgan, hayotdagi hamma tartiblarning joyjoyida qolishini istagan, yangi ijtimoiy tamoyillarni yoqtirmagan, hatto fransuz maʼrifatparvarlarining gʻoyalarini ham qabul qilmagan. Shu bilan birga kiborlar tabaqasining nuqsonlarini ham tanqid qilgan. Gossi asarlari xalq yumorlariga boy, xalq dramalariga xos masxarabozlik xususiyatlari yetakchilik qiladi («Ilon xotin», 1762; «Zubayda», 1763; «Chin maʼshuqa», 1771 va b.). «Baxtli gadolar» (1764) ertak-pyesasidagi voqealar Samarqandda boʻlib oʻtadi. Unda Gossining odil shoh haqidagi gʻoyalari aks etgan. «Malikai Turandot» (1762) da Sharq ayollarining ijtimoiy ahvoli tasvirlangan. Asar rus tilidan Choʻlpon (1926), Mannon Uygʻur tarjimasida (1928) sahnalashtirilgan. «Baxtli gadolar» Shukrullo tarjimasida nashr etilgan (1969).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x