GORMONOTERAPIYA

GORMONOTERAPIYA (gormonlar va terapiya) — gormonlar va sunʼiy (sintetik) gormonal preparatlar bilan davolash usuli. Gormonoterapiya asosan odam organizmida endokrin (ichki sekretsiya bezlari) aʼzolaridan birortasining kasallik tufayli faoliyati susayganda yoki toʻxtaganda tegishli gormonlar oʻrnini toʻldirish maqsadida yoki oʻrinbosar sifatida qoʻllaniladi (mas, qandli diabetyaa bemorga insulin yoki Addison kasalligida kortizon beriladi). Endokrin bezlar faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan kasalliklarda kuzatiladigan yalligʻlanishlar, allergik, immunologik va turli infeksion jarohatlar tufayli gormonal balans izdan chiqqanda uni tiklash (stimullovchi) va allergik reaksiyani susaytiruvchi (tormozlovchi) gormon preparatlari ishlatiladi. Zamonaviy tibbiyot amaliyotida turli surunkali ichki kasalliklarda Gormonoterapiya yaxshi naf beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x