GORGIPPIYA

GORGIPPIYA (yun. qorhippia) — qad. shahar, sindlar poytaxti (mil. av. 4 — mil. 3-a. lar), Kora dengizning sharqiy qirgʻogʻi (hoz. Krasnodar oʻlkasidagi Anapa sh. ning oʻrni)da joylashgan. Bospor podsholigiga qoʻshib olingach (mil. av. 4-a. boshi), shahar hokimi Gorgipp sharafiga shu nom bilan atalgan. G. Bosporning yirik savdo va hunarmandchilik markazi boʻlgan. Shaharda sindlar va skiflar birga yashaganlar. Mamlakat xoʻjaligini ifodalovchi tasvirlar (bugʻdoy doni, boshoq, ot) tushirilgan tangalar zarb qilingan. Gorgippiyada topilgan qimmatli yodgorliklardan biri mahalliy bezakli yunon kiyimida tasvirlangan podsho Neoklinning marmar haykalidir (yana q. Sindika).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x