GORATSIY

GORATSIY [toʻliq ismi Kvint Goratsiy Flakk (Quintus Horatius Flaccus)] (mil. av. 65, Venuziy — mil. av. 8, Rim) — Rim shoiri. Ozod qilintan qul oilasida tugʻilgan. Respublikachilarga xayrixoq boʻlgan. Fuqarolar urushi (mil. av. 42 y.) da respublikachilar magʻlubiyatga uchragach, imperiya bilan kelishuvchilik yoʻliga oʻtgan. «Naqarotlar», «Satiralar», «Qasidalar», «Nomalar» toʻplamlari b-n oʻsha davr sheʼriyatini yangi janr va yangi sheʼriy oʻlchovlar bilan boyitgan. Uch maktubdan iborat «Nomalar» kitobi «Sheʼriyat ilmi» nomi bilan ham mashhur. Bu asar Bualoning «Sheʼriy sanʼati»ga asos boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x