GONKUR

GONKUR (Goncourt), aka-uka Edmon (1822.26.5, Nansi – 1896.16.7, Shanprose) va Jyul (1830.17.12 — Parij — 1870.20.6) — fransuz yozuvchilari. Ularning ijodiy hamkorligi jahon adabiyotining oʻziga xos hodisasi sifatida eʼtirof etilgan. Fransuz hayotining turli tabaqalaridan olingan romanlari («Jermini Laserti», 1865; «Rene Mopren», 1864 va b.)da realizm va naturalizm tamoyillari birlashtirilgan. «Kundalik» (1956—58 y. larda toʻla bosilgan) — Parij adabiy, teatr hayotining solnomasidir. Ukasi vafot etgach, Edmon «Aka-uka Zemganno» (1870), «Aktrisa Fosten» (1882) va b. romanlar yozgan. Uning vasiyati bilan 1896-y. da Gonkur akademiyasiga asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x