GONCHAR

GONCHAR Oles (toʻliq ismi Aleksandr Terentyevich) (1918.3.4 — Poltava viloyati Suxa qishlogʻi — 1995) — ukrain yozuvchisi. Ukraina FA akad. (1978). Dnepropetrovsk un-tini tugatgan (1946). «Alplar» (1946), «Moviy Dunay» (1947), «Oltin Praga» (1948) asarlarini oʻz ichiga olgan «Bayroqdorlar» trilogiyasi Goncharga katta shuxrat keltirdi, urush mavzuidagi eng yaxshi asar deb tan olindi. «Tavriya» (1952), «Perekop», (1957), «Inson va qurol» (1960), «Hayot navosi» (1963), «Dovul» (1970), «Sening tonging» (1980) kabi romanlar muallifi. Asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. «Bayroqdorlar» trilogiyasi (1951), «Hayot navosi» romani (1974) oʻzbek tilida nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x