GOMOTSENTRIK NURLAR DASTASI

GOMOTSENTRIK NURLAR DASTASI (gomo… va lot. centrum — markaz) — yorugʻlik nurlari yoki ularning davomi bir nuqtada kesishadigan nurlar dastasi. Nurlarning tuplanish yoki tarqalish nuqtasi fokus deyiladi. Nurlarga nisbatan toʻlqin sirt ortogonal (sferik sirt) boʻlgani uchun Gomotsentrik nurlar dastasiga sferik toʻlqin sirt mos keladi. Gomotsentrik nurlar dastasining xususiy holi parallel nurlar dastasi boʻlib, unga cheksizlikda yotuvchi fokus va tekis tulqin sirt mos keladi. Agar ixtiyoriy egri sirt elementlaridan tarqalayotgan nurlar bir-biriga tik ikki toʻgʻri chiziq (fokal chiziq)da yotuvchi nuqtalarda kesishsa, bunday nurlar astigmatik nurlar deyiladi. Astigmatik nurlar dastasi hech qayerda nuqtali fokus hosil qilmaydi. Fokal chiziqlar orasidagi masofa astigmatik farq deb ataladi. Astigmatik farq kamaya borsa, fokal chiziklar bir-biriga yaqinlashadi va ular qisqara borib, ustma-ust tushadi, natijada astigmatik nur G. n. d. ga aylanadi. Difraksiya hodisasi tufayli aniq Gomotsentrik nurlar dastasini hosil qilish qiyin. Gomotsentrik nurlar dastasi optik sistemadan oʻtganda yana G. n. d. hosil boʻlsa, optik sistema aniq tasvir hosil qiladi. Fotografiya, radiotexnika va b. sohalarda Gomotsentrik nurlar dastasining amaliy ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x