GOMOLOGIK QATORLAR

GOMOLOGIK QATORLAR — kimyoviy xossalari va tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin boʻlib, molekulasining uglevodorodli radikallarida bitta yoki bir nechta metilen guruxi (SN2) borligi b-n bir-biridan farq qiladigan turdosh organik birikmalar. Mas, metan SN4, etan S2N6, propan C3Hg, pentan S5N12 kabi toʻyingan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2p+2), etilen S2N4, propilen S3N6 kabi toʻyinmagan uglevodorodlar (umumiy formulasi SpN2l), metil spirt SN3ON, etil spirt S2N5ON kabi bir atomli toʻyingan spirtlar (umumiy formulasi SpN2p+|ON) ning gomologik qatorlari maʼlum. Gomologik qatorlarning ayrim qismlari fizik xossalari jihatdan bir-biridan farq qilishi mumkin. Mas, toʻyingan yogʻ kislotasi va spirtlar qatorida zanjirning bitta SN2 guruhga uzayishi gomologlar qatorining sirt faolligini 3 — 3,5-marta oshiradi yoki Gomologik qatorlarning oʻrtasida joylashgan va radikali tarmoqlanmagan zanjirdan tuzilgan birikmalarning qaynash t-rasi qoʻshni gomologlardan 20—30° farq qiladi. Gomologik qatorlarning yuqori molekulali vakillarida bunday farq, sekin-asta kamayib boradi. Baʼzi uglevodorod molekulalari radikaliga gomologik farq, kiritilishi bilan turlicha struktura oʻzgarishlari sodir boʻladi. Bunda gomologik farq, yaʼni SN2 guruxi molekulaning qaysi joyiga kiritilgani ham katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x