GNUS

GNUS (rus — chaqadigan hasharotlar) — qon soʻruvchi ikki qanotli hasharotlarning umumiy nomi; chivinlar, zaxkash chivinlar, iskabtoparlar, bukri pashshalar, qashqa pashshalar, soʻnalar kiradi. Gnusning yashash sharoitiga qarab turlariningtarkibi oʻzgarib turadi. Yer sharining togʻ choʻqqilari va Arktikadan tashqari hamma joyida tarqalgan. Gnus botqokliklar, hayvon chiqindilari, kemiruvchilar ini va b. zax joylarga tuxum qoʻyadi. Odam va hayvonlarga turli yuqumli kasalliklar (bezgak, teri yarasi, yapon ensefalita, tulyayeremiya, kuydirgi, onxotserkoz)ni yuqtiradi. Gnus qon soʻrganida odam va hayvonlarga tinchlik bermaydi, hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi. Saqlanish choralari: G. tarqalgan joylarda yuz va tananing ochiq joylariga niqob tutib olinadi, badanga di. metilftolat, repudin, dietil-toluamid kabi repellentlar suriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x