GLYUKOKORTIKOIDLAR

GLYUKOKORTIKOIDLARodam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining poʻstlogʻidan chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra steroid. Gipofiz taʼsirida xolesterindan hosil boʻladi. Adrenokortikotrop garmon G. sekretsiyasini oshiradi. Organizm hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar (q. Stress, Adaptatsiyey sindrom) roʻy berganda Glyukokortikoidlar koʻp ishlab chiqariladi. Asosiy Glyukokortikoidlar: gidrokortizon, kortizon, kortikosteron, 11-degidrokortikosteron. Glyukokortikoidlar asosan uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi, jigarda oqsillardan glikogen sintezlanishiga va glyukoza hosil boʻlishiga yordam beradi; yuqori molekulali yogʻ kislotalarining biosinteziga toʻsqinlik qiladi. Glyukokortikoidlar biriktiruvchi va limfa toʻqimalari faoliyatini susaytirib, turli yalligʻlanishlar rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi. Glyukokortikoidlar va ularning sintetik analoglari(gidrokortizon-atsetat, prednizolon) tibbiyot va veterinariyada keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x