GLOBAL MUAMMOLAR — umumba shariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hoz. zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin:
1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan Global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi;
2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n G. m. — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-a. oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi;
3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan Global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi;
4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan Global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q. x. da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q. x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda Global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
Ad.: Karimov I., Oʻzbekistan XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Shaxnazarov Global muammolar, Kuda idyot chelovechestvo, M., 1985; Otaboyev Sh., Nabiyev M., Inson va biosfera, T., 1995; Sanginov S, Filosofskiy analiz modelirovaniya globalnыx protsessov, T., 1996.
Sayfiddin Joʻrayev.