GIDROKSIL GURUH

GIDROKSIL GURUH, gidroksil — suv qoddigʻi, ON, bir valentli radikal; aksari kimyoviy birikmalar molekulasining tarkibiga kiradi va ularning baʼzi xossalarini belgilab beradi. Mas, suv (N—ON), asos (Na — ON), kislorodli anorganik kislotalar, barcha organik kislotalar, spirt va b. tarkibida Gidroksil guruh bor. Suvda yaxshi eriydigan asoslar (ishqorlar) suvli eritmalarda dissotsiatsiyalanib, bir nechta ON ionlarini hosil qiladi, ishqorlarning tavsifli xossalari ham shundan kelib chiqadi. Gidroksil guruhni boshqa guruhlarga almashtirish yoʻli bilan juda kup yangi kimyoviy birikmalar olish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x