GLISSER

GLISSER (frans. glisser — sirpanmoq) — tezyurar yengil kema. Korpusining tubi yassi, Vsimon yoki botiq shaklda boʻlib, yonida «redan» deb ataladigan chiqigʻi bor. G. tez yurganda vertikal koʻtarish kuchi (gidrodinamik kuch) paydo boʻlib, chiqigʻi suv betiga chiqadi va Glisser suv yuzida sirpanganday suzadi. Koʻpincha, Glisserga yengil porshenli ichki yonuv dvigatellari, gaz turbinalari oʻrnatiladi. Tezligi 200 km/soat dan oshadi. Sport G. lariga reaktiv dvigatellar oʻrnatiladi, ularning tezligi 300 km/soat dan yuqori boʻladi. Glisserdan yoʻlovchilar tashish, sayr qilish, sport, qoʻriqchilik maqsadlarida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x